Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda. 16 iyul kuni Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasi hamda Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasi hamda Samarqand shahar 2-son tug‘ruqxonasida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvidan so‘ng tibbiyot muassasasining ayrim shifokor va hamshiralari o‘z xizmat vazifasi, aholi oldidagi burchiga panja ortidan qarab kelgani, ona va bola salomatligi, patronaj ishlari sust olib borilgani aniqlangan.
«Davlatimiz rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilish, patronaj ishlarini haqqoniy olib borish bo‘yicha bergan topshiriqlarini to‘la-to‘kis bajarmay, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas'ullarga nisbatan qat'iy choralar ko‘rildi», - deyiladi xabarda.
Xususan, Past Darg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri T.Hakimov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu muassasaning akusher-ginekologi M.Rashidova, umumiy amaliyot shifokori Sh.Muhiddinova, patronaj hamshirasi G.Hasanova va doya D.Mardiyevaga nisbatan qat'iy intizomiy choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, Samarqand shahar 2-son tug‘ruqxona bosh vrachi I.Hazratqulov hamda ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi D.Hasanova ona va bola salomatligiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani uchun belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Mazkur tug‘ruqxonaning yana bir guruh xodimlariga xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, bemor sog‘ligiga nisbatan beparvolik bilan yondashgani uchun qat'iy intizomiy choralar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
23:03 / 08.11.2024
Samarqandda uyda tayyorlangan konserva mahsulotlaridan yegan bir oilaning 4 a’zosi zaharlandi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024