Afğonistonning Faryob provinsiyasidagi namoyişçilar 18 iyul kuni Maymana şahrida joylaşgan hukumatga qaraşli bir neçta binolar ustidan nazoratni qölga kiritganini e'lon qildi. Namoyişçilarning ta'kidlaşiça, ular tomonidan talab etilayotgan şartlar bajarilmagunça, hukumatga qarşi harakatlar davom etaveradi. Bu haqda Tolonews xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, namoyişçilar şahardagi adliya, sud, qişloq xöjaligi, prokuratura boşqarmalari binolarini egallab olgan. Ammo, hukumat rasmiylar uşbu vaziyatga izoh bermayapti, şuningdek xabarlarni tasdiqlamayapti.
Junbiş yoşlar kengaşi a'zosi Gul Muhammad Arkinning aytişiça, namoyişçilar Özbekistonning Buxoro viloyatidan Balxdagi Hayraton portiga yetib borişi uçun foydalaniladigan logistikani yopib qöyişgan.
Uşbu namoyişlar ikki hafta avval Faryob provinsiyasi, Qaysar tumani Içki işlar boşliği Nizomiddin Qaysarining qölga olinişi bilan boşlandi. Namoyişçilar mamlakat birinçi vitse-prezidenti, general Abduraşid Döstumga aloqador, deb topilgan politsiyaçini ozod qilinişini talab qilmoqda.
Şu vaqt oraliğida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Amerika Qöşma Ştatlari favqulodda va muxtor elçisi Pamela Leora Spratlen bilan uçraşdi. Şuningdek, Irgaşev Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi elçisi Gunter Overfeld bilan uçraşdi. Rasmiy axborotga köra, bölib ötgan suhbat çoğida Afğonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş işiga kömaklaşiş böyiça Özbekiston-Germaniya hamkorligining amaliy masalalari körib çiqildi.

















