Bill Geyts altsgeymer diagnostikasiga 30 mln dollar ajratdi
Milliarder Bill Geyts va Estée Lauder Cos raisi Leonard Lauder kasallikni erta aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan testlar uchun 3 yil davomida 30 mln dollar mablag‘ o‘tkazishadi.
Microsoft asoschilaridan biri bo‘lgan Bill Geyts noyabr oyida Diagnostics Accelerator dasturi uchun Dementia Discovery jamg‘armasiga 50 mln dollarlik shaxsiy sarmoya ajratganini e'lon qildi. Uning maqsadi sanoat va hukumat vakillarini miya kasalliklarini davolashda birlashib harakat qilishga undashdir. Bu kabi harakatlarning asosiy sababi Billning oila a'zolaridan biri yuqoridagi xastalikdan azob chekkanidir.
Alzheimer’s Disease International ma'lumotiga ko‘ra, altsgeymer dunyo bo‘ylab 50 mln kishida uchraydi va 2050 yilga kelib ko‘rsatkich 131 mln.ni tashkil qilishi mumkin.
Ikkala sarmoyador Alzheimer’s Drug Foundation (ADDF)ga mablag‘ kiritishadi. Ushbu markaz Lauderga tegishli. Shuningdek, ularga Dolbi oilasi, Charlz va Helen Shvab fondi ham qo‘shiladi. Molyaviy yordam biotexnologiya kompaniyalari, tibbiyot akademiyalarida izlanuvchi olim va kliniklarning tadqiqotlari uchun sarflanadi.
Shu paytgacha ishlab chiqarilgan dori vositalari altsgeymer kasalligini davolash o‘rniga salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lgan. Ekspertlarning fikricha, bemorda davolash muolajalari ancha keyin, kasallik miyani egallab olganidan so‘ng boshlangan. Zarur preparatlarni ertaroq qo‘llash ko‘proq natijaga erishishni ta'minlaydi. AQSh Food and Drug Administration’ning fikricha, altsgeymer rivojlanishi klinik simptomlarga qaraganda biologik ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Hozirgi paytda miya yoki orqa miya tekshiruvi xastalikni erta aniqlashda eng samarali yo‘llar hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
10:17 / 01.12.2023
Bill Geytsdan yil yakunida 3 ta kitob – milliarder qanday kitoblar tavsiya qildi?
23:05 / 24.11.2023
Sun’iy intellekt tufayli insoniyat uch kunlik ish haftasiga o‘tadi – Bill Geyts
12:21 / 15.06.2023