Toşkent şahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov qölga olingani haqidagi xabar tasdiqlanmadi.
Boş prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda sobiq hokim ustidan jinoiy iş oçilgani hamda bir qator ayblovlar bilan unga nisbatan tergov harakatlari boşlangani haqida internetda tarqalgan ma'lumotni rad etdi.
Xabarlarda şu yilning aprelida poytaxt şahar rahbarligidan ketgaç, Özbekiston avtomobil transporti agentligi («Özavtotrans» agentligi) rahbarining birinçi örinbosari sifatida faoliyat boşlagan Rahmonbek Usmonov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingani, unga nisbatan quriliş uçun ajratilgan yer maydonlarini noqonuniy sotiş, pora oliş (Jinoyat kodeksining 210-moddasi), yer uçastkalarining ajratilişida mansab vakolatini suiiste'mol qiliş (Jinoyat kodeksining 205-moddasi) hamda qişki zaxira uçun ajratilgan piyozning «isrof» qilingani holatlari yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan ham aytilgandi.
«Bu işonçli ma'lumot emas. Boş prokuratura bunday ma'lumot bermagan. Bu tasdiqlanmagan, asossiz xabar», deya javob qaytargan boş prokuratura vakili.
Eslatib ötamiz, Rahmonbek Usmonov 2012–2018-yillar davomida Toşkent şahar hokimi bölgan. U 2018 yilning 26 aprel kuni öz vazifasidan ozod etilgan, uning örniga Akfa Group kompaniyalari asosçisi va rahbari, işbilarmon Jahongir Ortiqxöjayev Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
Bir haftaça oldin prokuratura Usmonovning turli yillarda imzolangan, yer uçastkalari ajratilişi haqidagi qarorlarini töxtatgani haqida xabar paydo bölgandi.

















