"Darhaqiqat, O‘zbekiston beqiyos o‘lka. Men ham bu ifodani O‘zbekistondan qaytgach, qo‘llay boshladim. U yerga borishdan avval "Qanday joy ekan o‘zi? Meni u yerda nimalar kutmoqda?" kabi xayollar kelgan edi. Biroq O‘zbekistondan qaytganimdan so‘ng fikrlarim butkul o‘zgardi. Endi men O‘zbekistonni dunyoning albatta sayohat qilinishi kerak bo‘lgan 10ta mamlakatidan biri deb bilaman", deydi Turkiya Gastronomik turizm uyushmasi Boshqaruv kengashi raisi Gurkan Bo‘ztepe birincibolge.com saytidagi maqolasida. 

Foto: birincibolge.com

Nima uchun O‘zbekistonga sayohat qilish kerak, degan savolga mening javoblarim quyidagicha:

  • Qardosh turkiy xalqlarni yaqindan tanish uchun;
  • Muhtasham mehmondo‘stlikni his etish uchun;
  • Dunyoning hech bir joyidan topib bo‘lmaydigan islomiy obidalarni ko‘rish uchun;
  • Tibbiyot va din allomalarining ilmiy tushunchalarini anglash uchun;
  • Hazrati Usmon Mushafi, Hazrati Doniyol payg‘ambar qadamjolari, Mirzo Ulug‘bek asos solgan akademiya, shuningdek, Ibn Sino, Mirzo Bobur, Imom Buxoriy, Imom Mansur Moturidiy, Ali Qushchi kabi o‘z davrida dunyo taqdirini o‘zgartirgan daholarning merosi bilan tanishish barobarida, ularning ilmiy ta'limotlarini tushunish va qabrlarini ziyorat qilish uchun;
  • YuNeSKOning Butunjahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistonning turli hududlarida tayyorlangan palovning beqiyos ta'mini tatib ko‘rish uchun;
  • Ajoyib fotosuratlar uchun;
  • Gazli suv, somsa, jiz, vag‘uri, navro‘z-kabob, qozon kabob, go‘shtli assorti, tuxum barak, qovoq manti, buqa go‘shti, ot go‘shti, ko‘k choy kabi betakror lazzatga ega taomlarni o‘z yurtida tatib ko‘rish uchun;
  • Dunyo yetakchisi — sohibqiron Amir Temur merosi bilan yaqindan tanish uchun;
  • Dunyodagi o‘zgarishlarga hamohang ravishda zamonaviy davlat qurgan Islom Karimovni yaqindan tanish uchun.

Tashrifimizning sababiga to‘xtaladigan bo‘lsak, qadrdon do‘stim, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Shuhrat Aminovning yordami bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari janob Aziz Abduhakimov