Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ingliz va rus tillarida ma'ruza qilinuvchi masjid quriladi
Shu yilning may oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov, Turon yakkakurashi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi Nargiza Vahobxo‘jayeva hamda yana bir qancha aktyor va sportchilarning Toshkentda masjid qurish rejasi borligi haqida ma'lumot berilgan edi.
Xabarda bu g‘oyani Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov qo‘llab quvvatlagani aytilgan edi.
Shuhrat Turdiqulov Nargiza Vahobxo‘jayevaga Toshkentning Sergeli tumanida masjid qurishni tavsiya etgan.
O‘zA`ning ma'lum qilishicha, Nargiza Vahobxo‘jayeva hamon masjidning tashkiliy ishlari bilan band. Ya'ni hozircha masjid joyi aniqlanmagan. Nargiza Sergeli tumani hokimi bilan masjidga ajratilajak 40 sotix yerni borib ko‘rgan. Lekin Nargiza masjidni Toshkent markazida qurishni rejalashtirmoqda. Nima uchun aynan shunday ekanligini u quyidagicha izohladi:
«Avval masjidni Sergeli tumanida qurishni ko‘zlagan edik. Keyinchalik, O‘zbekiston musulmonlari idorasining masjidlar bilan ishlash bo‘limi bilan birgalikda poytaxt markazida qurishni maslahatlashdik. Masjid kichik bo‘lsa-da, u shahar markazida bo‘lgani ma'qul. Shuningdek, unda qorilar rus va ingliz tilida ham ma'ruza qila olishlari kerak. Shahrimizga kelgan mehmonlar uchun markaziy mehmonxonalarga yaqin joyda masjid barpo qilish hamda sayyohlar uchun boshqa tillarda ham ma'ruzalar qilinishini maqsad qilganmiz.
Men aktyor Yoqub Ahmedov bilan birgalikda sportchi va aktyorlar homiyligida qurilajak masjidning tashkiliy ishlari bilan shug‘ullanyapman. Aktyor va sportchilar mendan ularning nomini oshkor etmasligimni iltimos qilishgan. To‘g‘risi, masjid qurilishi ovoza bo‘lgach meni ular juda ko‘p koyishdi. Hali bu ma'lumot uchun ham mendan o‘pkalashlari mumkin. Chunki bunday ishlar odatda ovoza qilinmaydi», deydi Nargiza Vahobxo‘jayeva.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026