Joriy yilda Fortune naşri talqiniga köra 40 yoşga tölmagan eng nufuzli odamlar röyxatidagi 1-örinni Instagram asosçilaridan biri va boşqaruvçisi, 34 yoşli Kevin Sistrom va Facebook asosçisi, 34 yoşli Mark Tsukerberg bölişdilar. Reytingni tuzuvçilar Instagram’ning 2018 yilda foydalanuvçilari soni 1 mlrddan oşib ketganini, Facebook esa onlayn-reklamadan milliardlab dollar işlab topayotganini ta'kidlab ötişgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Röyxatda 2-örinni Lyft transport kompaniyasi boşqaruvçilari Logan Grin va Jon Zimmer egallagan. Fortune ularni oxirgi ön yillikdagi eng muvaffaqiyatli yoş tadbirkorlardan birlari deb atagan. 3-örinni Xitoyning Meituan-Dianping internet-kompaniyasi hamasosçisi va boş boşqaruvçisi, 39 yoşli Van Sin egallagan.
Reytingdan, şuningdek, Walmart, Dropbox, General Motors, Airbnb, Vimeo, Snap, Glossier, Grab vakillari örin olişgan. Röyxatdan örin olgan yagona siyosatçi Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern bölgan.
Şuningdek, Telegram asosçisi Pavel Durov reytingga ilk bor kiritilgan va 25-örinni egallagan.
Ötgan yilgi reytingda 1-örin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga berilgandi.

















