Hunar – hunardan rizqing unar! 24 yillik tajribaga ega kasb – hunar markazini bilasizmi? Albatta, bu “Mashhura” o‘quv markazi!
Bugun sizga “Mashhura” o‘quv markazining yangi yo‘nalishlari haqida gapirib beramiz. Demak, “Mashhura” da ta’lim oling!
Doimo “Mashhura” o‘quv markazi deyilganda qizlarni kelinlikka tayyorlovchi kurslar tasavvurimizga keladi. Biroq endi “Mashhura”ning yangi yo‘nalishlari bor. Bu ta’lim berish. Ingliz, arab, koreys, rus tili, buxgalteriya va yangi uslubdagi maktabgacha ta’lim kurslari. Endi batafsil:
Ingliz tili
“Mashhura” o‘quv markazida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ingliz tili o‘quv kurslari o‘zining sifati, tezkorligi va hamyonbopligi bilan tezda e’tiborga tushib ulgurdi.
Markazdagi ingliz tili darslari haftada 6 kun 2 soatdan, interaktiv usullardan foydalangan holda o‘tiladi.
Darslar sifatini nazorat qilib borish maqsadida har oy yakunida amaliy va nazariy testlar orqali o‘quvchilarning bilimi tekshirib boriladi.


Kurslar davomiyligi abituriyentlar uchun 7oy, Boshlang‘ich IELTS imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun esa 8-9 oy.
Markazda kichik yoshdagi bolalar, o‘quvchilar hamda abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, darsdan bo‘sh vaqtlarida kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.O‘quv xonalari ta’limning eng zamonaviy texnika va jihozlari bilan ta’minlangan.
O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga markazning DIPLOM yoki SERTIFIKATlari topshiriladi.





























