Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda gumon qilinayotganlar hujum sodir etganlaridan keyinoq Buyuk Britaniyani tark etişgan. Ular tijorat aviareysi orqali uçib ketişgan. Bu haqda CNN tergov borişidan yaxşi xabardor manbasiga tayanib xabar qildi.

Gumondorlarni aniqlaş uçun qiyofani tanib oliş texnologiyasidan foydalanilgan. Ammo manba gumondorlar qayerga jönab ketişganini ma'lum qilmagan. Şuningdek, ularning millati ham ma'lum qilinmagan.

Faqat ularning soxta ismlardan foydalanganligi hamda Britaniya hukumati ularni biror razvedka xizmatiga aloqadorlikda gumon qilmaganligi bildirilmoqda.

19 iyul kuni Britaniya naşrlarida politsiya Skripallarni zaharlagan şaxslarni aniqlagani haqida xabarlar paydo bölgan, Rossiyaning Londondagi elçisi Buyuk Britaniya hukumatidan agarda gumondorlar bölsa ularning nomlarini aytişni talab qilgandi.  

Keyinroq esa Buyuk Britaniya IIV boşliği örinbosari Ben Uolles politsiya Solsberida Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlagan şaxslar aniqlangani haqidagi xabarni rad etdi.

Sergey Skripal va uning qizi Britaniyaning Solsberi şahrida şu yilning mart oyida behuş holda topilgandi. Londonning ma'lumotlariga köra, ular Sovet ittifoqida işlab çiqarilgan asabni falajlovçi «Noviçok» moddasi bilan zaharlangan hamda bu işda Rossiyaning qöli bölgan. Rasmiy Moskva barça ayblovlarni rad etib kelmoqda.