Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti (KQTT)ning Solsberidagi voqea yuzasidan hisoboti Sergey va Yuliya Skripallarning zaharlanişida "Noviçok" nomli jangovor modda qöllanilmaganidan dalolat bermoqda. Bu haqida britaniyaliklar A234 moddasiga tenglaştiruvçi "Noviçok" kimyoviy qurol tizimi işlab çiqaruvçilaridan biri Leonid Rink RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"KQTTning yuqori tozalikdagi kimyoviy modda qöllanganiga doir ma'lumotlari bu "Noviçok" moddasi emasligini isbotlamoqda. Agar britaniyaliklar Skripallar uyi eşigi uşlagiçidan topgan gelsimon substansiyada "Noviçok" toza moddasi bölganida edi, Skripallar bu eşikdan 50 metr nariga ham öta olişmagan bölişardi. Ular öşa zahotiyoq halok bölişardi. "Noviçok" — bu murakkab nerv-paralitik modda, u köp miqdordagi turli komponentlar va qöşimçalardan taşkil topgan. Agar qandaydir toza modda topilgan bölsa, bu "Noviçok" emas", - deydi mutaxassis.
Uning sözlariga köra, agar Skripallarning zaharlanişida "Noviçok" qöllanganda edi, KQTT mutaxassislari vaqt ötgaç notoksik tarkibga ajralib ketuvçi turli komponentlarni topgan bölişardi. Biroq unda ular toksik modda qöllanilişi natijasidagi suiqasd haqida gapira olmagan bölişardi.
Rinkning işonç bilan ta'kidlaşiça, KQTT bayonotining şu qismi "Noviçok"ning boşqa bir işlab çiqaruvçisi, AQŞda yaşovçi Vil Mirzayanovning sözlariga ham ziddir. Unga köra, Britaniyaning yuqori darajali namligi modda xavfini pasaytirişi mumkin edi.
"Bu adolatli ta'rif, çunki "Noviçok" — suv va şu kabi qator omillarga boğliq juda beqaror modda. Biroq u holda mutaxassislar gidroliz mahsulotlarini topişlari kerak edi, toza moddani emas", - ta'kidlaydi Rink.
Ekspertning fikriça, Skripallarni mutlaqo boşqa modda — fentanil bilan zaharlagan bölişlari mumkin. Bu vosita Buyuk Britaniyada giyohvand moddalarni işlab çiqarişda qöllaniladi. "Britaniyada har yili 2,5 ming kişi fentanil zaharlanişdan halok böladi, çunki u yerda şunday giyohvand moddalari urfda", - deydi Rink.
Şuningdek u Skripallarni zaharlaşda dastlab giyohvand moddalarining dozasi oşirilişi haqida xabar berilganini yodga soldi.
Uning fikriça, Skripallar aynan ularning tanalari topilgan skameykada zaharlangan bölişlari ham mumkin. Yo skameykaga, yoki Skripallarning öziga öşa yerda fentanil spreyi sepilgan. "Fentanil insonni darhol qulatadi", - deydi Rink.
"Noviçok" moddasi işlab çiqaruvçisining aytişiça, Skripallar işining tergovi haqidagi afsonaga bölgan işonçni jabrlanuvçilarni hanuz heç kim tirik körmagani ham susaytiradi.













