2018 yil 20 iyul kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov Parij shahridagi Sorbonna universiteti prezidenti bilan uchrashdi. Unda ta'lim va turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, uchrashuvda Universitet prezidenti O‘zbekiston Respublikasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlarni yuqori baholadi hamda «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universitetining o‘quv jarayonida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu uchrashuv yakunida quyidagi sohalarda hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi:
- fransuz tilida o‘qitish tizimini joriy qilish;
- turizmni alohida dars turi sifatida joriy etish;
- tajriba va tadqiqotlar almashish.














