YuNeSKOning butunjahon merosiga kiritilgan marjonqoyalar ikki yildan beri suvning juda yuqori haroratidan aziyat chekmoqda, bu ularning hayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.    

Shu sababli avstraliyalik olimlar haroratni pasaytirishning turli usullarini, jumladan marjonqoyaning ustini quyosh ekrani bilan qoplash taklifini ko‘rib chiqishmoqda.

Shuningdek, bulutlarni tuz bilan bombardimon qilish usuli ham qaralmoqda. Tuz kristallari quyosh nurlarini qaytarishi kutilmoqda.