Afğoniston vitse-prezidenti Abdulraşid Döstum mamlakat poytaxti Kobulga qaytişi bilanoq aeroportda portlaş sodir böldi. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda Tolo News xabar tarqatdi.
AFP xabariga köra, aeroport darvozasi oldida, Döstum tarafdorlari yiğilib turgan hududda, vitse-prezident konvoyi yölga tuşganida xudkuş terrorçi özini portlatgan.
Afğoniston içki işlar vazirligi ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida halok bölganlar va jarohatlanganlar soni kamida 10 nafarni taşkil etadi. Siyosatçining özi portlaşdan jabrlanmagani aytilmoqda.
Döstum 2017 yili öz siyosiy raqiblarini öğirlaş va qiynoqqa tutişda gumon qilingaç, mamlakatdan çiqib ketgandi. Döstumni öz siyosiy raqibi Ahmad Işçini 2016 yili mamlakat şimolidagi Juzjonda öğirlab ketib, 5 kun asirlikda saqlaş va qiynoqlarga solişda ayblaşgan. Unga nisbatan rasmiy ayblov ilgari surilmagan, ammo tekşiruvlar boşlangaç, Döstum sud ta'qibidan qoçib, Turkiyaga ketgandi. Öşanda Döstumning vakili Başir Ahmaj Tahyanj vitse-prezident «tibbiy körikdan ötiş va qarindoşlari bilan uçraşiş» uçun Turkiyaga yöl olganini ma'lum qilgandi.
Döstum 2008 yilda ham boşqa bir siyosiy raqibiga zöravonlik qilişda ayblangan. Öşanda u suiqasd taşkillaştirişda gumon qilingan. Öşanda ham Döstum vaqtinçalikka Turkiyaga ketişga majbur bölgandi. Keyinroq u Afğonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay talabi bilan mamlakatga qaytgandi.

















