Britaniyaning Daily Mail naşri Braziliya terma jamoasining sobiq hujumçisi Roberto Karlosga doping qöllaşdagi ayblovdan keyin yetkazgan ziyoni uçun tovon puli tölaydigan böldi. 

“Roberto Karlos naşrimiz tomonidan natijalarni yaxşilaş uçun, jumladan Braziliya 2002 yilda jahon çempioni bölgan vaqtda taqiqlangan vositalarni qöllaganlikda xato ayblangan. Biz yetkazilgan ma'naviy zarar uçun keçirim söraymiz. Biz unga şu sababli yetkazilgan ziyonni tölab berişga tayyormiz”, deyilgan naşr xabarida.

2017 yilda naşr ARD nemis telekanali jurnalisti Xayo Zeppelt filmi asosida Karlosni doping qöllaşda xato ayblagan. Şundan keyin Butunjahon doping agentligi (VADA) sportçiga qarşi tergov boşlagan.

Karlos faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U Braziliya terma jamoasi safida 2002 yilgi jahon çempioni bölgan va “Real” safida 3 marta Çempionlar ligasini qölga kiritgan.