Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida Qirg‘izistonga boradi
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Cho‘lpon ota shahrida 21 iyul kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.
Qirg‘iziston TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar prezident Sooronbay Jeenbekovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi (2017 yil, 13-14 dekabr) vaqtida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda o‘zaro tashriflar almashinuvi, xususan, prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga amalga oshiradigan (2018 yil, 3 sentabr, Cho‘lpon ota) tashrifini muhokama qildilar.
Uchrashuvda siyosiy, suv-energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari konstruktiv muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026