Avval xabar qilinganidek, Özbekiston taşqi siyosat idorasi Amir Temur şohköçasida joylaşgan Xalq bankining boş binosiga köçib ötdi.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Taşqi işlar vazirligi binosiga köçirildi.

KUN.UZ'ning hukumatdagi manbalari xabariga köra, Senat apparati xodimlari va senatorlar Mustaqillik maydonida joylaşgan öz binosiga qaytib kelişgan.

Xabar qilinişiça, Taşqi işlar vazirligining binosi jiddiy ta'mirga muhtoj. Hozirgi vaqtda tegişli taşkilotlar binoni ta'mirlaşga kirişgan. Bundan taşqari, u yerda normal işlaş va tadbirlarni ötkaziş uçun şaroit bölmagan.

Keyinçalik Senat, katta ehtimol bilan, yana Taşqi işlar vazirligi binosiga köçib ötadi, biroq bu kapital ta'mirlaş va tegişli şaroitlar yaratilganidan söng yuz beradi. Köçib ötiş sanasi hozirça noma'lum.