Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Torontodagi otishma haqida yangi ma'lumot berildi, halok bo‘lganlar bor
Kanadaning Toronto shahrida yuz bergan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 13 inson jarohat oldi. Bu haqda CBC News xabar qilmoqda.
Barcha jabrlanuvchilar shifoxonalarga olib ketildi. Politsiyaning tasdiqlashicha, ular orasida bo‘lgan yosh qiz o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.
O‘q uzgan shaxs politsiyachilar bilan otishma natijasida o‘ldirilgan. Zobitlar orasida hech kim jarohat olmagani aytilyapti.
Politsiya vakili Mark Rugashning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ro‘y bergan hodisa terrorizm bilan bog‘liq ekaniga doir aniq dalil yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Torontoda otishma yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026