Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 4 yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi

Foto: sevastopol.su
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolangani xabar qilingandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Unga ko‘ra jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil (ilgari uch yil);
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil (ilgari besh yil);
og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil (ilgari o‘n yil);
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil (ilgari o‘n besh yil) o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bu muddatlar barcha toifadagi jinoyatlar uchun yigirma besh yil edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 08:26
-
AQSh: Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilmaguncha, Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi
Jahon | 08:02
-
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Jamiyat | 07:40
-
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:34
Mavzuga oid

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

09:52 / 21.02.2025