2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta'lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi so‘raladi:

- ta'lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
- oliy ma'lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan 
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
- № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma'lumotnoma;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Shulardan, pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati: 

1 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti - Kunduzgi 
2 O‘zbekiston milliy universiteti - Sirtqi 
3 Toshkent davlat texnika universiteti - Sirtqi 
4 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - Sirtqi 
5 Toshkent moliya instituti - Sirtqi 
6 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti - Sirtqi 
7 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti - Sirtqi 
8 Toshkent kimyo-texnologiya instituti - Sirtqi 
9 Toshkent davlat pedagogika universiteti - Sirtqi
10 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti - Sirtqi 
11 Andijon mashinasozlik instituti - Sirtqi