Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida belgilandi

Foto: Yaroslav Radlovskiy
“Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni prezident tomonidan imzolandi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, qonun bilan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, birja bitimi to‘g‘risidagi axborot endilikda sudlar, surishtiruv va tergov organlari bilan birgalikda Hisob palatasiga ham uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladigan bo‘ldi.
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan endilikda Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida belgilandi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra endilikda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishi belgilandi.
Shuningdek, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kiritildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organlar qatoriga kiritildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Juda afsusdamiz – Yevropa yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralariga izoh berdi
Jahon | 20:58
-
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi
Jahon | 20:37
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

09:52 / 21.02.2025