Işxonada uxlaş fikri hozirda salbiy munosabat uyğotmay qöydi. Tobora köplab kompaniyalar xodimlarga işxonada uxlaşga ruxsat berişyapti. Buning uçun maxsus xonalar ajratilmoqda yoki boşqa holatlarda maxsus kapsulalar örnatişyapti. Bunday yondaşuv xodimlarning samaradorligini oşirişi mumkin,deya hisoblanmoqda.
AQŞdagi kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş Markazlari ma'lumotlariga köra, amerikaliklarning uçdan biri bir kunda yetti soat uxlamaydilar. Bu esa salomatlikdagi bir neça muammo va işdagi xatolarga olib keladi. Uyquning yetişmasligi AQŞga 411 milliard AQŞ dollariga tuşmoqda, bu esa samarasiz uyqu sabab yöqotilgan 1,23 million iş kuniga teng.
Google’ga öxşagan kompaniyalar mana deyarli ön yildirki xodimlarga uyqu uçun xonalar yaratgan, biroq köpçilik bu afzallikdan foydalanmaydi. Ba'zi korporativ madaniyatlarda yomon uyqu – maqtaniş uçun sabab.
“Odamlar özining töyib uxlamasligi bilan faxrlanadi. Qat'iyat bilan işlayotgan xodimlar oldida uxlaşni tasavvur etiş muşkul. Bu fikr hurmatga sazovor bölmaydi”, - deydi Irvayndagi Kaliforniya universiteti kognitivistika professori va kunduzgi uyquning afzalliklari töğrisidagi kitoblar muallifi Sara Mednik.
Biroq sönggi yigirma yilda korporativ madaniyat asta-sekin özgardi. Eastlake Studio arxitektura kompaniyasi dam oliş uçun sokin xonalarni loyihalaştirişga talab ösayotganini aytgan.
“Kompaniyalar odamlar quvvat oladigan joyni izlaşyapti xolos. Şovqindan xoli böliş va kunduzgi uyquni öz xodimlariga taklif etişmoqçi”, - deya tuşuntirdi Eastlake asosçisi Tom Zurovski.
Şunga qaramay, ofisdagi uyqu amaliyoti hali hamma barça tomonidan qabul etilmayapti. Odamlar hamkasblaridan yaşirinça mizğib oliş uçun qiziq usullarni öylab topmoqdalar. Masalan, maşinada, boğdagi örindiqda, kutubxona yoki qahvaxonada.
Sayyoraning boşqa qismlarida kunduzgi uyquga boşqaça munosabat mavjud. Xitoydagi Milliy uyqu jamğarmasi ma'lumotlariga köra, tuşlikdan söng xodimlar iş stolida uyquga ketişadi.
Şunga qaramay, ofislarda kunduzgi uyqu uçun joyga talab mavjud va ba'zi işlab çiqaruvçilar buning uçun maxsus kapsulalarni öylab topişdi.














