Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar va YaTTni taftish qilish muddati 30 kundan oshmasligi belgilab qo‘yildi
Foto: Fotolia
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish bilan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish muddati 30 kundan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Ilgari taftish muddati belgilanmaganligi tufayli mazkur jarayon oylab davom etishi mumkin edi.
Zarur bo‘lganda, bu muddat bosh prokurorning yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra yoxud sudning ajrimi bilan yana 30 kunga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 4 yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026