2018 yil 23 iyul kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston matbuot va axborot agentligi “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti tomonidan çop etilgan “Ma'nolar maxzani” hamda “Yoş rahbar ensiklopedik luğati” kitoblarining taqdimoti ötkazildi. Bu haqda Özbekiston matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Taqdimotda bugungi kunda ÖzMAA tomonidan kitob va kitob mahsulotlarini, kitobxonlikni aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida yanada kengroq tarğib qiliş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

- Özbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yurituvçi “Özbekiston”, “Öqituvçi”, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti tomonidan tomonidan joriy yilda 1200 dan ortiq nomdagi adabiyotlarni çop etiş rejalaştirilgan bölib, bugungi kungaça ularning 500dan ortiği öquvçilar qöliga borib yetdi. Bu kabi taqdimotlarni bundan keyin har oyda, har haftada taşkil etiş möljallangan. Ayniqsa, sentabr oyida kitobxonlarga juda köplab adabiyolar taqdim etiladi, - deya ma'lumot berdi ÖzMAA Boşqarma boşliği J.Husanov.

Şuningdek, Agentlik tizimidagi faoliyat yurituvçi “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” DIN faoliyatiga alohida töxtalib ötildi.

- Mamlakatimizda yagona bölgan ilmiy naşriyot öz oldiga ulkan vazifalarni qöygan. Masalan, yil oxirigaça yana 43 nomdagi adabiyotlarni kitobsevarlarga yetkaziş rejalaştirilgan. Uşbu naşrlarning 41 tasi lotin alifbosida ekanligi ularning öquvçilar doirasi yanada kengroq bölişini ta'minlaydi, degan umiddamiz, - deydi Özbekiston milliy ensiklopediyasi” DIN direktori M.Odilov.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi 

Taqdimotda sözga çiqqan filologiya fanlari doktor B.Karimov, ÖzMAA Axborot-tahlil guruhi boş mutaxassisi M.Omonov, filologiya fanlari doktor U.Jöraqulov hamda naşriyot muharriri L.Hasanovalar uşbu kitoblarning tayyorlanişidan tortib, ularning ma'no-mazmuni, öquvçilarga beradigan ma'naviy ozuqasi haqida fikr-mulohazalarini bildirişdi.