2018 yil 30 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Juda köp bahs-munozaralar va muhokamalardan söng, soliq konsepsiyasi yakuniy körinişga keldi.
Uning «asosiy maqsadi - soliq yukini izçillik bilan kamaytiriş, soliq soliş tizimini soddalaştiriş va soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş» ekani qayd etildi. Buning natijasida «iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxşilaşga erişiş mumkinligi» aytildi.
Amaldagi soliq tizimida esa «soliq tölovçilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq tölaş fondini yaşirişga olib keluvçi mehnatga haq tölaş fondi soliq stavkalarining yuqoriligi, yangi konsepsiya esa buni bartaraf qilinişiga olib kelişi» ta'kidlandi.
Xöş, yangi soliq tizimida işçi xodimlarning mehnat haqi böyiça qanday özgarişlar yuz beradi? Soddaroq qilib aytganda, oylik maoşimiz qisqaradimi yoki köpayadimi? Bugun mana şu savollarga javob berişga harakat qilamiz.
Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boşlab:
1. Mehnatga haq tölaş körinişidagi daromadlar 12 foiz miqdorida soliqqa tortiladi.
Ya'ni, barça fuqarolar uçun jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining yagona stavkasi 12 foiz qilib belgilanadi. Şundan 0,1 foiz şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yönaltiriladi. Bunda, ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik iş haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solişdan ozod qilişning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Ayni paytda, amal qilayotgan tizim böyiça, jismoniy şaxslarning mehnatga haq tölaş körinişidagi daromadlari quyidagi tartibda - eng kam iş haqining (EKIH) 1 barobarigaça 0 foiz, 1 barobaridan 5 barobarigaça 7,5 foiz, 5 barobaridan 10 barobarigaça 16,5 foiz, 10 barobaridan boşlab 22,5 foiz şkala böyiça soliqqa tortilayapti. Bunda daromad soliğining 2 foiz şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yönaltirilmoqda. Eslatib ötamiz, EKIH bugungi kun holatiga 184 300 sömga teng.
Yangi konsepsiya böyiça jismoniy şaxslarning daromadi heç qanday şkalalarga ajratilmaydi va qiymati qança bölişidan qat'iy nazar, 12 foiz miqdorida soliqqa tortiladi. Bunda, daromad soliğining 0,1 foiz şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisob-varaqlariga yönaltiriladi.

















