Fiat Chrysler Automobiles konserni sobiq rahbari Serjo Markionne 66 yoşida Tsyurixdagi kasalxonada vafot etdi. Bu haqda çorşanba kuni Reuters xabar berdi.

«Afsuski, eng yomon xavotirlar amalga oşdi. Serjo Markionne vafot etdi», - deya FCA boşqaruvi raisi Jon Elkanning sözlarini keltiradi agentlik.

Duşanba kuni Italiya matbuoti Markionnening ahvoli «oğir, ammo barqaror» ekani haqida xabar tarqatdi. 66 yoşli top-menejyerning soğliği nima sababdan yomonlaşgani oşkor etilmayapti. Faqatgina iyun oyi oxirida Tsyurix klinikasida yelkasidan jarrohlik amaliyoti ötkazgani xabar berilgan.

Avvalroq, FCA Mayk Menli yangi boş ijroçi direktor etib tayinlanganini e'lon qildi, u Serjo Markionnening örnini egalladi. Bunday qaror şanba kungi şoşilinç yiğilişda, Markione soğliğining keskin yomonlaşişi fonida qabul qilindi.