Xohlagan kişi Tretyakov galereyasida, muzey qoidalarini buzmasdan, ekskursiya ötkazişi mumkin.

Töğridan-töğri efirlar mualliflari OK Live mobil striming ilovasida boşqa körsatuvlarga yangi şarhlaş rejimi bilan ulanişlari mumkin. OK ijtimoiy tarmoqlar va striming servislar içida birinçi bölib töğridan-töğri efirda şarhlaşni işga tuşirdi. 

Foto: Odnoklassniki 

Endi OK Live ilovasida muzeylar va boşqa qiziqarli joylardan ekskursiyalar olib boriş, yirik voqealar körsatuvlarini şarhlaş hamda foydalanuvçilar efiri va guruhlarini öz kontenti bilan töldirişi mumkin. 

OK dagi mualliflar ijod uçun yangi imkoniyatlarga ega bölişadi, ular öz kontentlarini ança xilma-xil qilişlari, boşqa körsatuvlarni körayotib, tomoşabinlar bilan öz hislari haqida örtoqlaşişlari mumkin. Masalan, strimer öz xonadonini tark etmasdan, dunyoning har qanday şahrining diqqatga sazovor joylari böylab ekskursiya ötkazişi mumkin – u şaharga taşrif buyurgan kişining töğridan-töğri efirini şarhlab turadi. Yoki Tretyakov galereyasida, muzey qoidalarini buzmasdan, bir neçta ming tomoşabinga ekskursovod bölişi mumkin – u odatdagi taşrifçining töğridan-töğri efirini şarhlab turadi.  

Töğridan-töğri efirni şarhlaş uçun OK Live da strimni topiş va ekranning yuqori öng qismidagi yangi ikonkani bosib unga ulaniş lozim. Şundan keyin strim muallifining tasviri tuşgan darça original körsatuvga qöşiladi, va muallif ekranda bölayotgan voqealarni şarhlaşi mumkin. Bunday efirni foydalanuvçi profilidan ham, guruh ma'muriyatidan ham yaratiş mumkin.

Foto: Odnoklassniki 

Ilovada ovozlarni mikşirlaş noyob texnologiyasi işlatiladi, u avtomatik ravişda körsatuvlar ovozini moslaydi va kommentator ovozini birinçi planga çiqaradi. 

Oxirgi yilda OK dagi körsatuvlarning ommalaşuvi uç marta ortdi: har oyda ijtimoiy tarmoqdagi töğridan-töğri efirlar 2 mlrd.dan ortiq körişlarga ega bölmoqda. OK Live ilovasi AppStore va Google Play da 3 mln.dan ortiq örnatişlar oldi, uning kunduzgi auditoriyasi esa 2017 yilda ikki barovar ösdi.