Poytaxt davlat organlari vakillari daraxtlarni noqonuniy kesiş masalasini muhokama qilganliklari xabar qilingandi.

Tadbir davomida daraxtlarni noqonuniy kesiş faktlarini aniqlaş mexanizmlari haqida ham söz yuritildi.

Xususan, Toşkent IIBB boşliği, general-mayor Rustam Jörayev yaşil maydonlarni nazorat qiliş va fuqarolarning ularni yöq qiliş töğrisidagi xabarlariga tezkor javob berişga qaratilgan «yaşil patrul» taşkil etilişini e'lon qildi.

Bundan taşqari, R.Jörayev poytaxtda va şahar atrofidagi blokpostlarda xizmat olib boruvçi yöl-patrul hamda patrul-post xizmatlariga kesilgan daraxtlarni olib ötayotgan maxsus avtotransport vositalarini töxtatiş, va yoğoçlarning kelib çiqişi qonuniy ekanini Davlat ekologiya qömitasi mutaxassislaridan aniqlaş haqida topşiriq berdi.

«Biz şahar aholisini 102 raqamiga qönğiroq qilişga çaqiramiz. Biz albatta çora köramiz», dedi u. 

Eslatib ötamiz, avvalroq IIBB Toşkentda daraxtlarning kesiliş holati böyiça «maxsus nazorat» joriy qilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid: Deputat: "Daraxtxör" manqurtlar bizda qanday köpayib ketdi?