Tojikiston Moskva oblastining Serpuxov şahrida öldirilgan beş yoşli qizça öz fuqarosi ekanini tasdiqladi va Rossiya TIVga tergovni jiddiy ötkaziş hamda jinoyatçini qattiq jazolaşni talab qilib nota yubordi. Bu haqda respublika TIV xabar bergan.

"Rossiya TIVga nota topşirildi. Duşanbe Rossiyaning tegişli organlarini uşbu şafqatsiz jinoyatni jiddiy tergov qiliş va bu işni amalga oşirgan jinoyatçini qattiq jazolaşga çaqirmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.

Şuningdek, unda ta'kidlanişiça, “Tojikistonning Rossiyadagi diplomatik hamda konsullik idoralari Rossiya tegişli organlari bilan uşbu masala yuzasidan doimiy aloqada bölib turibdi”. Bundan taşqari, Tojikiston içki işlar vaziri Ramazon Rahimzoda Rossiya IIV rahbariyatiga telegramma yuborib, jinoiy işni qat'iy nazoratga oliş haqida iltimos qilgan. 

Çorşanba kuni qizçaning jasadi Moskvadan Duşanbega olib borildi. Aeroportdan uni Tojikiston janubidagi Şamsiddin Şoxin tumaniga olib ketişgan, qizça şu yerda dafn etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moskva oblastida tojik migrantlari oilasidan bölgan 5 yoşli qizçaning jasadi sport sumkasidan topilgandi.