Moskva oblastining Serpuxov şahridagi temir yöl stansiyasi yaqinida beş yoşli qizçaning jasadi sport sumkasi içidan topildi. «Moskovskiy Komsomolets»ning Rossiya Tergov qömitasi Moskva oblasti böyiça Boş tergov boşqarmasi rahbari katta yordamçisi Olga Vradiyga asosan yozişiça, qizça 22 iyul kuni öz oilasi bilan birga yaşagan uyning bolalar maydonçasidan ğoyib bölgan.

Boşqalarning xabar berişiça, Vayda ismli qizça yakşanba kuni yöqolib qolgan. U dugonasi bilan sayr qilib yurgan, şu payt uning yoniga noma'lum erkak kelib, muzqaymoq va öyinçoqlar taklif qilgan hamda qizçani noma'lum tomonga olib ketgan.

Qotillik böyiça jinoyat işi oçildi. Voqea joyida tergovçilar va tegişli soha xodimlari iş olib boryapti. Ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasini ötkaziş belgilandi. Bolaning ölimiga aloqador bölgan şaxsni aniqlaşga yönaltirilgan qator tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilmoqda.

Serpuxovda öldirilgan 5 yoşli qizça Tojikistondan kelgan migrantlar oilasidan bölgan. Undan taşqari oilada yana uç nafar farzand bor.

Vaydaning onasi bolalar tarbiya bilan şuğullangan, otasi ma'lum bir iş joyiga ega emasligi aytiladi. Oilaning özi rus tilida sözlaşmaydi, şuning uçun politsiyaga ularning qöşnisi murojaat qilgan.

Qizçaning ölimiga aniq nima sabab bölgani hozirça oşkor etilmayapti.