Amazon kompaniyasi asosçisi va rahbari Jyeff Bezos bu yil rasman dunyoning eng boy kişisi, deb e'tirof etildi.
Sönggi hisob-kitoblarga köra, Jyeff Bezosning boyligi 150 mlrd dollardan oşgan. Oxirgi marta bunday katta boylikka ega bölgan şaxs XVI asrda yaşagan Yakob Fugger-kiçkina hisoblanadi. Bezos öz pullarini raqobat iqtisodiyoti doirasida işlab topgan eng boy insondir.

U 1994 yilda Cadabra kompaniyasiga asos solgan, bir yildan söng Amazon deb nomlagan paytda unda ğoyadan boşqa heç narsa yöq edi. Uning ofisida eşiklardan yasalgan stollar turardi – uning stol sotib olgani puli yöq edi. Iş şungaça yetib borganki, uning kompaniyasiga yoşi bir joyga borib qolgan ota-onasi nafaqalarini tikib investorlik qilişgan.
«Afsuslarni kamaytiriş strategiyasi»
Cadabra/Amazon kompaniyasini yaratiş ğoyasi ham juda oddiy edi. IT-muhitdan çiqqan Bezos 1994 yil mayda internetdan foydalanişning ösişini ölçaydigan saytga kiradi. Bir yil içida yillik ösiş 2300 foizni taşkil etganini körgan tadbirkor bu sohada savdolar ham tez ösişini taxmin qiladi.
U tajriba sifatida poçta orqali mahsulot sotişni sinab köradi. Öşa paytlarda eng oqsoq soha kitob savdosi edi. Ehtimoliy xaridorlarga taklif qiliş uçun katta-katta kataloglarni yuborişga töğri kelardi. Bezos internet-savdoni aynan raqobat yöq joydan boşlaşga qaror qildi – bu borada kitoblar eng yaxşi qaror edi. Qalin kitoblar katalogini poçta orqali jönatiş qimmatga tuşardi, ammo internetda joylaştiriş suv tekin edi.

Söngra Bezos bu uslubni Amazon kirib borgan barça sohalarda qölladi. Uning kompaniyasi ustuvor bölişi mumkin bölgan yönalişni izlab topardi.
Amazon boşqa kompaniyalardan bozor tanlaş va uni zabt etiş uslubi bilan farq qilardi. Uning rivojlaniş strategiyasi butkul boşqaça edi. Gap Bezos öylab topgan regret-minimization framework haqida bormoqda.
«Afsuslarni kamaytiriş strategiyasi» bölajak milliarderga biznesni yirik mablağsiz yölga qöyiş imkonini berdi. U biznesdan olingan pulni uni yanada rivojlantirişga sarfladi. Bezosning kompaniyasi ilk çoraklik daromadga 2001 yilda erişdi – 5 mln dollar daromad kördi. Amazon 2003 yilda – iş boşlaganidan deyarli ön yil ötgaç yillik daromad kördi. Buning ustiga, Amazon muntazam ravişda foyda körmagan, bir neça yil zararga işlagan (xuddi şu strategiyani keyinroq Ilon Mask Tesla bilan boğliq vaziyatda qöllagan). Avvaliga yalpi daromad boşqa mahsulotlar sotuvini taşkillaştirişga sarflandi. Keyin esa pullar Amazon bulutli servisini rivojlantirişga yönaltirildi.



















