Yaylovlarga munosabat yaxşilanmas, tubdan özgarmas ekan, bu savolga hali-beri ijobiy javob beriş muşkul, deyiladi 21asr naşridagi maqolada.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra, odam bir yilda örtaça 55 kilogramm göşt iste'mol qilişi zarur. Mutaxassislar 2025 yilga borib, Özbekistonda aholi jon boşiga göşt iste'moli 0,25 barobarga oşişi va yiliga 54,8 (hozirda 41 kg) kilogrammni taşkil qilişi borasida fikrlar bildirişyapti. Ularning taxminlari haqiqatdan ham amalga oşarmikan?
Bunday savol tuğilişining sababi şundaki, mamlakatimizda göşt va göşt mahsulotlari borgan sayin qimmatlaşyapti, bu esa albatta, yurtdoşlarimizning uşbu hayotiy zarur oziq-ovqat mahsulotini sotib oliş imkoniyatini pasaytirmoqda. Çunonçi, ötgan yilning iyul oyida bozorlarimizda mol göşti narxi 18 mingdan 25 ming sömgaça bölgan. Şu kunlarda esa 32 mingdan 40 ming sömgaça çiqdi. Supermarket va xususiy dökonlarda bundan-da qimmat. Boşqaça aytganda, göşt bahosi bir yil mobaynida qariyb 50 foizga oşgan. Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga qaraganda esa 2018 yilning dastlabki uç oyida mol göşti örtaça 6,2 foizga, qöy göşti 5,8 foizga qimmatlaşgan. Xullas, aholining xarid qobiliyati bilan mazkur mahsulot narxi örtasidagi tafovut tobora kattalaşyapti.
Göşt narxining uzluksiz yuqorilab borayotgani bir qança omillar bilan izohlanyapti. Jumladan, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilişda vositaçilarning köpligi, ozuqa-yem yetiştiriş uçun yer maydonlarining yetişmasligi, joylarda çorvaçilik mahsulotlari yetiştiriş va qayta işlaş komplekslarining yetarliça rivojlanmagani singari omillar tilga olinyapti. Qayd etiş joizki, ötgan yili ÖzLiDeP bilan Bank-moliya akademiyasi hamkorligida ötkazilgan davra suhbatida göşt qimmatlaşişini keltirib çiqargan sabablarga doir savollar ham örtaga taşlangan, munozarada öz ma'ruzasi bilan iştirok etgan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti Muhiddin Yusupov bu borada öz mulohazalarini quyidagiça bayon qilgan edi:
— Hammamiz körib-bilib turibmiz, göşt ança qimmatlaşib ketdi. Bu mavzu juda köp muhokama qilinmoqda. Nega şunday holat yuz berdi? Avvalo şuni aytiş kerakki, mamlakatimizda 2005-2016 yillar oraliğida ozuqa ekin maydonlari 40 foizga kamayib ketdi. 1990 yilda jami ekin maydonlarining deyarli 25 foiziga ozuqa ekinlari ekilgan ekan. Hozir esa 9 foizga ham yetmaydi. Ikkinçidan, bizda göşt va sutning 95 foizini dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklar yetiştiryapti. Lekin ularni qöllab-quvvatlaş uçun şu paytgaça nimalar qildik, degan savolga xolis javob berişimiz lozim. Tan oliş kerakki, ularning öğit, yoqilği-moylaş materiallari, yem-ozuqa, qöşimça yer ajratilişi bilan boğliq muammolari hal qilinişiga kömaklaşa olmayapmiz...
Mavzuga oid
Bu sabablarning barçasi asosli, ularning hammasi ham u yoki bu darajada göşt narxi şakllanişiga muayyan ta'sir körsatyapti. Lekin eng asosiy omil, ba'zi olimlar, ekspertlarning fikriça, çorva mollari boqiladigan yaylovlar muammosidir. Ularning fikr-mulohazalari va takliflarini e'lon qilişni maqsadga muvofiq, deb topdik.
Muammoga ilmiy yondaşuv kerak
Yaylov çorvaçiligining öziga xos xususiyati şundaki, çorva hayvonlari deyarli yil böyi yaylovlarda oziqlantiriladi. Yaylov ozuqasi esa eng arzon ozuqa hisoblanadi. Şunday ekan, yaylov çorvaçiligida göşt mahsulotlarini işlab çiqarişga qilinadigan xarajatlar qoramolçilikdagiga nisbatan ança kam bölib, mahsulot işlab çiqariş tannarxning pastligi tufayli göşt arzonlaşişiga olib keluvçi omil hisoblanadi. Ammo respublikamizda göşt mahsulotlarining narxi yildan-yilga kötarilib bormoqda. Buning sababini biz yaylovlarning hozirgi holati va ularning çorva hayvonlarini ozuqa bilan ta'minlaş imkoniyatlaridan izlaşimiz kerak.
Yaylovlar inqirozini yuzaga keltiruvçi omillardan eng muhimlari global iqlim özgarişi, Orol dengizining qurişi, tuproqlarning şörlanişi kabilar bölsa-da, lekin ösimlik qoplamining inqirozini keskin jadallaştiruvçi omil sifatida inson faoliyatini alohida körsatib ötiş örinli. Yaylovlardan uzluksiz va pala-partiş foydalaniş, buta va yarim buta ösimliklarini ötin va boşqa xöjalik ehtiyojlari uçun çopib oliş yaylovlar inqirozi va çöllaniş jarayonini yuzaga keltiruvçi eng jiddiy xavfdir. Yaylovlardan yil böyi foydalaniş natijasida ösimliklarning normal ösib rivojlanişi va uruğ hosil qilişi, tuproqqa uruğlarning tökilişi kabi muhim tabiiy jarayonlar yöqqa çiqyapti. Uruğ yöq, demak, ösimlik ham bölmaydi. Oqibat şuki, ilgari 100 xildan ortiq ösimlik ösadigan qumli çöllarda hozir 25-35 turdagi öt-ölan mavjud, ya'ni biologik xilma-xillik deyarli 3-4 marotabaga kamaygan. Bu esa öz navbatida yaylov hosildorligining pasayişi va ozuqa töyimliligining yomonlaşuviga olib keladi. Adir yaylovlarida aslida 200 turdan ortiq ösimliklar ösişi uçun qulay şaroit bor. Ammo bugungi kunda ösimliklar xilma-xilligi adirlarda 45-50 turdan oşmaydi. Ta'kidlaş zarurki, çöl şaroitida, ayniqsa, butalarning ahamiyati juda katta. Aniqlanganki, saksovul şamol tezligini 2 marta kamaytiradi, qorning yerda uzoq saqlanişiga, namlikning tuproqqa çuqurroq singişiga sabab böladi, ya'ni öz atrofida öziga xos mikroiqlim hosil qiladi, boşqa ösimliklarning yaxşi rivojlanişiga şaroit yaratadi. Kuzatişlardan ma'lum bölişiça, saksovul ixotazorlari ta'sirida tabiiy yaylovlar hosildorligi 20 foizga ortadi. Afsuski, oxirgi 20-30 yil davomida saksovullar ötin sifatida işlatiş maqsadida ayovsiz kesildi, hatto ildizlarigaça kovlab olindi.
Men bevosita şunga guvoh bölganmanki, AQŞning Yuta, Aydaxo, Vayoling ştatlarida yaylov çorvaçiligi bilan şuğullanuvçi fermerlar tabiiy yaylovlardan mutlaqo foydalanişmaydi. Ularning yaylovlarida izen, erkak öt, teresken, espartset kabi yuqori töyimli va hosildor köp yillik ösimliklar ekilgan va bu yaylovlardan qat'iy tartib bilan, mavsumiy foydalanişadi. Avstraliya fermerlari yaylovlar holatini yaxşilaş uçun boşqa çora-tadbirlar qatorida bir yillik ösimlik uruğlarini sepişni ham yölga qöyişgan.
Çorva hayvonlarini suv bilan ta'minlaşda ham muammolar mavjud. Quduqlar ta'mirlanişga muhtoj, köplarida suv yöq. Suvsiz yaylovlardan foydalaniş ilojsiz, suvli yaylovlardan esa tinimsiz foydalanilmoqda. Bu yaylovlar inqirozini yanada kuçaytiryapti. Şu bois “Yaylovlar melioratsiyasi” tresti faoliyat yönalişlaridan yana biri — suv manbalarini ta'mirlaş, yangilarini işga tuşirişdan iborat bölişi lozim. Umuman, “Yaylovlar melioratsiyasi” trestlari yaylov çorvaçiligi rivojlangan barça viloyatlarda taşkil qilinişi ayni muddaodir.
Yana bir taklif. 2017 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistondagi yaylovlar 21,1 million gektarni taşkil qilmoqda. Respublikamiz yaylov fondini Orol dengizining qurigan qismi hisobiga yana 3-4 million gektarga kengaytirişimiz mumkin, çunki bunday yerlardan faqatgina yaylov sifatida foydalaniş imkoniyati bor.
Muxtasar aytganda, çöl yaylovlarining hosildorligini oşirmay turib, ularda boqilayotgan çorva hayvonlari boş sonini köpaytirişning iloji yöq. Vaholanki, mamlakatimiz aholisining ortib borişi oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarişni köpaytirişni taqozo qiladi. Şu bois yaylov çorvaçiligini rivojlantirişga e'tiborni kuçaytiriş, uning asosiy ozuqa bazasi bölgan yaylovlar hosildorligini fitomelioratsiyalaş orqali bir neça bor oşiriş dolzarb vazifadir. Şundagina çorva hayvonlari boş sonini keskin oşirib, göşt mahsulotlari narxining pasayişiga, aholining turmuşi farovonlaşuviga erişişimiz mumkin.
Abdullo Rabbimov,
Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bölim mudiri,
qişloq xöjalik fanlari nomzodi
Çorvador nima deydi?
Samarqand viloyatida 797 ming 979 gektar yaylov bor. Ularning asosiy qismi Nurobod (150 ming 461 gektar) va Qöşrabot (356 ming 951 gektar) tumanlarida joylaşgan. 5 ta mas'uliyati çeklangan jamiyat tasarrufiga 236 ming 843 gektar yaylovlar berilgan. Bu maydonlarda 100 ming boş qöy-eçki boqilyapti. Şuningdek, 26 ming gektar yaylov 83 ta fermer xöjaligiga ajratilgan.
— Bu yil çorva uçun ğoyat oğir keldi, — deydi Nurobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Nurbuloq lalmi yaylov” fermer xöjaligi rahbari Erkin Ğaniyev. –Yaylovlarda heç nima bitmadi. 600 boş qöyimizni yuz kundan beri Jizzaxning Baxmalida ötlatayotgandik. Öt tugadi, endi fermer xöjaliklarining ğalladan böşagan maydonlarida bir boş qöy uçun 3-4 oyga 17 ming sömdan tölab boqyapmiz. Yozni-ku amallab ötkazamiz, oldindagi qiş köproq taşvişga solyapti bizni. Bir telejka somon 800 mingdan bir million sömgaça sotilyapti. Çorva xöjaliklari uçun ozuqa bazasi taşkil etilişi masalasi hal qilinişi zarur. Agar çorva ozuqasiga doir muammolar bartaraf qilinmasa, göştning narxi arzon bölişi qiyin.
Xöş, yana öşa, hammamizni öylantirayotgan “Göşt qaçon arzon böladi?”, “Yaylovlardan xöjasizlarça foydalanişni kim nazorat qiladi? Bu borada parlament deputatlari biror amaliy çora körişlari vaqti kelmadimi?”, “Şu paytgaça mahalliy aholi bemalol öz çorva mollarini emin-erkin boqib kelgan yaylovlar, böş maydonlarni hokimliklar şoşma-şoşarlik bilan asossiz ravişda tarqatib yuborilişi qaçon töxtatiladi?” degan qator haqli savollarga bir maqolamiz doirasida javob topolmasligimiz aniq. Lekin şunday bölsa-da, uşbu mavzu mamlakatimiz iqtisodiyoti, xalqimiz farovonligini ta'minlaşda muhim ahamiyatga ega bölganligi bois ayrim fikr-mulohazalarni keng jamoatçilik e'tiboriga havola etyapmiz.
Biz odatda oqibat bilan kuraşişga örganib qolganmiz. Tepadan kimdir “Göşt narxini tuşiriş kerak”, desa, darrov qassoblarning yoqasidan olamiz. Ular ham rasmiyatçilik uçunmi, qaltis vaziyatdan qutuliş bahonasida noiloj qolgaç, yolğondakam bölsa-da, “Göşt narxi ... söm” deb yozib qöyadi-yu, orqavorotdan 20-30 foiz qimmatiga sotaveradi. Mana, jamiyatimizda közböyamaçilik, zörma-zörakilik kabi illatlar urçib borayotganining ildizi qayerda?
Hozir çorva ötlaydigan yaylov qolmadi hisob. Hatto dala çetida arqonlab ham mol boqolmaysan, negaki, hamma yerning egasi tayin, balandparvoz nomiyam bor, falon fermer xöjaligi... Qani, içkaridanmas, çekkadan bölsayam bir boğ öt yulib kör-çi, mol-poling bilan qamab qöyadi. Bunisi holva, hozir, aksariyat viloyatlarda lalmi maydonlar, qir-adirlar, toğoldi hududlarigaça duç kelgan odamga söramay-netmay tarqatib yuborilayotganiga hammamiz tomoşabinlik qilib ötiribmiz. Bu ahvolda çorva mollari kamayib ketişi aniq va göştning narxi ham arzonlaşişi muşkul.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi