«Rus jodugari ushlansin». Putin Vashingtonga bormaydigan bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Vashington shu yili Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutmayotganini bildirdi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida xabar berilgan.
«Prezidentning (Donald Tramp - tahr.) fikricha, prezident Putin bilan ikkitomonlama uchrashuvlar «rus jodugari» qo‘lga tushguncha bo‘lib o‘tmaydi. Bizning qarorimizga ko‘ra, bu uchrashuv yaqin bir yilda amalga oshirilmaydi», deydi Bolton.
Trampning o‘tgan haftada Boltonga mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi topshirig‘i mahalliy OAVda keskin tanqidlarni keltirib chiqargandi. Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Twitter akkauntida maxsus taklif haqida ma'lumot bergandi. Rasmiy Moskva ushbu vaziyatga aralashmay turib, kutilayotgan uchrashuv bekor qilinmoqda.
Kreml prezidentlarning uchrashuvi haqidagi xabar tarqaganidan so‘ng, rasman bunga munosabat bildirishga shoshilmadi. Ruslarning fikricha, uchrashuv aynan ikkitomonlama bo‘lib o‘tishi shart emas, bu qandaydir sammit doirasida tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Boltonning bayonotida ta'kidlagan «rus jodugariga e'lon qilingan ov» esa Robert Myuller olib borayotgan ishga nisbatan berilgan nom. Myuller ayni paytda AQSh prezidentligi saylovida Rossiyaning aralashuvini tergov qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, ish doirasida so‘roq qilinishi rejalashtirilgan asosiy gumondorlar yaqin 6 oy ichida tergovda ishtirok etmaydi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024