Shoakram Isroilov O‘zbekiston  Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligini tark etdi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Shoakram Isroilov / Foto: KUN.UZ

Ayni vaqtda uning o‘rnida birinchi o‘rinbosar Oybek Qosimov vaqtinchalikka vazirlikni boshqarmoqda.

Oybek Qosimov / Foto: KUN.UZ

Eslatib o‘tamiz, shu yil fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.