Turkiya parlamenti mamlakatda ötgan haftada favqulodda vaziyat tartibi yakunlangandan keyin terrorçilikka qarşi kuraşiş haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi.   

Turkiyada 19 iyulda 2016 yil iyuldagi davlat töntaruviga urinişdan keyin kiritilgan favqulodda vaziyat tartibi bekor qilindi. 

Ma'lum qiliniişiça, qonun loyihasi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi hamda Milliy harakat partiyasi qöllab-quvvatlovida tasdiqlangan. Qonun loyihasini parlamentning 284 a'zosi qöllab-quvvatlagan, 95 nafari qarşi ovoz bergan, bir kişi betaraflik bildirgan. Keyingi qadam qonunning prezident tomonidan rasman tasdiqlanişi bölişi kerak. Şundan keyin u e'lon qilinadi.

Qonun loyihasi gubernatorlar va xavfsizlik xizmatlariga ular favqulodda vaziyat tartibi vaqtida ega bölgan ba'zi vakolatlarni yana uç yilga beradi. Bundan taşqari, qonun Turkiya qurolli kuçlari, politsiya, jandarmeriya xodimlari va davlat xizmatçilarining terrorçilik taşkilotlari bilan aloqada ekanliklari aniqlansa, hukumatga ularni iste'foga jönatiş huquqini beradi.