Boysundan, Omonxona qişloğidagi mö'jizakor buloqlar yonidagi dala hovlilardan birida dam olayotgan qaşqadaryolik M. Şonazarova deya özini taniştirgan onaxon qönğiroq qilib, noxuş xabarni yetkazdi, deb yozmoqda 21asr naşri.

Foto: 21asr

“Keça tunda yonginamizdagi ulkan toşlardan biri qulab tuşdi. Esimiz çiqib ketdi. Nega desangiz, ana şu toşlar ostidagi karavotlarda odamlar dam olişayotgandi. Xayriyatki, xudoyim asrabdi, qurbonlar yöq, yotganlar sezib qolib qoçib qutulibdi. Faqat bir bola şikastlanibdi, keçadan beri daryo böyida şunday toşlar tagiga örnatilgan karavotlarga odamlarni qöyişmayapti...”, - degan M. Şonazarova.

Foto: 21asr

Avvalroq, naşr Omonxonada mavjud şifobaxş buloq suvidan içiş maqsadida dardiga darmon izlab kelganlar, davolaş maskanidagi tartibsizlik, qonunbuzarlik, noqonuniy qurilgan mehmonxonalar, suvning sotilayotgani-yu turnaqator navbat kabi muammolar keltirib ötilgan maqolani e'lon qilgan edi. 

Foto: 21asr