Taniqli paxtakor, usta dehqon, “Döstlik” ordeni sohibasi, Özbekiston Qahramoni Siyosatxon Abdullayeva 78 yoşida 2018 yil 27 iyul kuni vafot etdi. 

Siyosatxon Abdullayeva 1940 yil 5 noyabrda Andijon viloyati, Oltinköl tumanida tuğilgan. Andijon Paxtaçilik institutini  tamomlagan. 

Öz mehnat faoliyatini 1959 yilda Oltinköl tumanidagi “Namuna” şirkat xöjaligi işçisi sifatida boşlagan.  1972-1978  yillar  Oltinköl tumanidagi “Namuna” şirkat xöjaligi bolalar boğçasi tarbiyaçisi, 1978-2006 yillar Oltinköl tumanidagi “Namuna” şirkat xöjaligi pudratçisi sifatida mehnat qildi.

2006 yildan şu kungaça Oltinköl tumanidagi “Oltinköl vodiy gulşani” fermer xöjaligiga rahbarlik qilib keldi.   

Siyosatxon Abdullayeva öz kasbini uluğlagan, paxtaçilikda öziga xos “Andijon maktabi”ni yaratgan mirişkor dehqonlardan biri edi. U özining uzoq yillik faoliyati davomida köplab yoşlarni tarbiyalagan mutaxassis, paxta ilmining ustasi, dehqonçilikda zamonaviy texnologiyalarni qöllagan olim sifatida namoyon qildi.  

Boy bilim va hayotiy tajribaga ega bölgan Siyosatxon Abdullayeva jamoat işlarida ham faol iştirok etib, el-yurt örtasida katta obro‘-e'tibor qozongan edi.

Siyosatxon Abdullayevaning köp yillik samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U 2005 yilda “Döstlik” ordeni, 2008 yilda “Özbekiston Qahramoni”  unvoni bilan mukofotlangan edi.