Fransiyaning Briole şahrida çivinlar taqiqlab qöyildi. Bu haqda The Connexion naşri ma'lum qildi. 

Mahalliy aholi iyul boşidagi toşqinlardan keyin çivinlar köpayib ketganidan arz qilgan. Şahar meri bunga şaharda çivinlarni taqiqlovçi farmon çiqariş bilan munosabat bildirgan. Bundan taşqari, mer ratuşa, boşlanğiç maktablar va bolalar boğçalari oldida çivinlarga qarşi qopqonlar örnatişga körsatma bergan. 

“Men şunday yöl bilan şaharliklarga uşbu holatga qarşi heç narsa qila olmasligimni yetkazişga harakat qildim. Köpçilikka bu kulguli tuyuldi”, deb aytgan mer. Farmondan keyin çivinlar ança kamaygan, biroq merning aytişiça, bu albatta taqiqlov bilan boğlanmagan.

2016 yilda Şvetsiyada çivinlarni tutiş böyiça çempionat ötgan. Ğolib 135 ta çivinni uşlaşga muvaffaq bölgan. Ta'kidlanişiça, musobaqa mahalliy örmonlarga çivinlarga qarşi vositalar bilan işlov berişga taqiqlovdan keyin uyuştirilgan.