Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi. U Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i bo‘lgan
Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu vazifada ishlab kelayotgan Olim Boboqulovich Muhammadiyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Abdumutalovich Axunov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
08:47 / 01.06.2026