Özbekiston Matbuot va axborot agentligining Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oşiriş va respublikamizda elektron  axborot-kutubxona  tizimini rivojlantiriş istiqbollari” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

Foto: Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Tadbirda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyatlar axborot-kutubxona markazlari xodimlari iştirok etdilar. Unda mutaxassislar uçun yaqinda Janubiy Koreya Respublikasida şu soha böyiça malaka oşirib qaytgan kutubxonaçilar hamda xorijlik mutaxassislar elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini köpaytiriş va ulardan internet tarmoği orqali foydalaniş böyiça zarur tavsiyalarini berdilar.

Foto: Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori L.Tangriyev sözga çiqar ekan, milliy umumta'lim elektron kutubxona loyihasini amalga oşirişdan közlangan asosiy maqsad axborot-kutubxona tizimini yanada rivojlantiriş, aholiga axborot-kutubxona xizmati körsatiş sifatini yuksaltiriş ekanini alohida qayd etdi. “Janubiy Koreya tajribasi asosida taşkil etilayotgan milliy elektron kutubxona mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirişda olimlarga ularning tadqiqotlar olib borişida eng yaqin yordamçi bölişi zarur. Ayniqsa, ular uçun taşkil etiladigan maxsus bölim dunyodagi yetakçi ilmiy kutubxonalar bilan töğridan-töğri boğlaniş, zarur manbalardan tösiqsiz foydalaniş imkonini beriş kerak”  deb ta'kidladi.

Foto: Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 
Foto: Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Şuningdek davra suhbatida öz ma'ruzasi bilan Özbekiston Milliy kutubxonasi direktor örinbosari U.Teşabayeva sözga çiqar ekan, u “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasini texnik jihatdan ta'minlaş işlari Koreya Respublikasining LG CNS kompaniyasiga topşirilganligi, loyiha doirasida Özbekiston Milliy kutubxonasida  “Raqamlaştiriş va skanerlaş”, “Multimedia” markazlari taşkil etilayotganligi, bugungi kunda zarur texnik jihozlarni olib keliş va joylaştiriş bilan boğliq  işlar öz yakuniga yetayotganligi haqida gapirib ötdi.