Birinchi avgustidan O‘zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib bir kilogramm uchun 800 so‘m belgilanadi.
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Odil Temirov nimaga aynan shu qiymat tanlangani, u keyinchalik o‘sadimi, va aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash qanday kechishi haqida intervyu berdi.
- Keling, suhbatimizni suyultirilgan gazning maishiy miqyosdagi iste'molidan boshlaylik, ya'ni xonadonlarda ishlatishi. Gaz qiymatini «O‘zbekneftgaz»ning o‘zi belgilaydi. Bu gazning aholi sotib oladigan o‘rnatilgan narxi. Agar biz ushbu narxning o‘sishiga guvoh bo‘lsak, yoki davlat tomonidan belgilangan qiymat bir yoqda-yu, bizlarga boshqa narxlarni aytishsa, bunda biz, oddiy aholi qanday yo‘l tutishimiz zarur?
- Aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan suyultirilgan gaz qiymati Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Hozirgi kunda 20-kilogrammlik gaz balloning hududga qarab qiymati 6500 14500 so‘mni tashkil etadi. Shu yilning birinchi avgustidan O‘zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib, bir kilogramm uchun 800 so‘m belgilandi. Bizning respublika bo‘ylab gaz ta'minoti bo‘yicha hududiy bo‘linmalari mavjud, ularning har birida ishonch telefonlari mavjud. Iste'molchilar biror bir qonunbuzarliklarni payqagan holda, ushbu raqamlar orqali marojaaat qilishlari mumkin. Biz har bir murojaatni ko‘rib chiqamiz va kerakli chora ko‘ramiz.
- Iste'molchilarning ehtiyojidan tashqari suyultirilgan gaz eksportga ham chiqariladi, avtomobil gaz quyish shoxobchalariga jo‘natiladi. Bilishimizcha, avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz qiymati tobora o‘sib bormoqda, va ayrim hududlarda esa uning narxi benzin narxidan ham oshib ketgan. Bu nima bilan bog‘liq?
- Haqiqatan, gaz iste'molchilarini uch yo‘nalishga ajratish mumkin: bu, eng avvalo, aholi (ovqat tayyorlash uchun), avtomobil gaz quyish shoxobchalari va suyultirilgan gazning qo‘shni davlatlarga eksporti. May – iyun oylarida ichki birja savdolarida suyultirilgan gaz qiymatining o‘sishi qayd qilingan edi. Bu o‘z o‘rnida yoqilg‘iga bo‘lgan narxning ko‘tarilishida aksini topmoqda.
O‘tgan yilga nisbatan «O‘zbekneftgaz» tomonidan ajratilayotgan gaz hajmi 26 foizga ortgan. Ya'ni, ushbu turdagi yoqilg‘i taqchilligi haqida gapirishga asos yo‘q. Shu bilan birga, 2017 yil bilan solishtirilganda, suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni 11 ming donaga qisqargan. Shunga qaramay, biz tovar-xom ashyo birjasida narxlaring o‘sishini kuzatmoqdamiz.
















