Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaga noqonuniy muhojirlar oqimi 60 foizga oshdi
Foto: Anadolu
Yevropa hududiga kirmoqchi bo‘layotgan noqonuniy muhojirlar soni 2018 yil boshidan 2017 yilga nisbatan 60 foizga oshgan.
Yil boshidan Egey, O‘rta yer va Qora dengizlar orqali Yevropaga 14470 noqonuniy muhojir o‘tishga harakat qilgan.
“Anadolu” axborot agentligining ma'lum qilishicha, odamlarni noqonuniy migratsiyaga shaxsiy muammolar, yurtlaridagi iqtisodiy va siyosiy mavhumlik majbur qilmoqda. Noqonuniy muhojirlarning katta qismi Yevropaga Egey dengizi orqali o‘tishga urinmoqda.
Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy muhojirlardan 13336 nafari Egey dengizida ushlangan.
2016 yilda Yevropaga noqonuniy o‘tishga urinishlar soni qisqargan. Biroq 2018 yilda bunday urinishlar qanday xatarlar bilan bog‘liqligiga qaramay, noqonuniy muhojirlar soni yana keskin ko‘paygan.
2017 yil yanvar-iyulda 9152 kishining Yevropaga o‘tishga urinishi oldi olingan. 2018
yilda ularning soni 60 foizga, ya'ni 14470 kishigacha oshgan.
Shuningdek, noqonuniy migratsiya vaqtida halok bo‘lganlar soni ham oshgan. Xavfsizlik kuchlari operatsiyalari vaqtida noqonuniy migratsiyaning 38 tashkilotchisi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
15:22 / 21.02.2026
Yevropa Ukraina yordamida dronlarga qarshi arzon himoya tizimini yaratadi
14:28 / 20.02.2026
AQSh Yevropada senzurani chetlab o‘tish uchun onlayn-portal ishlab chiqmoqda
13:42 / 16.02.2026