Xalqaro chempionlar kubogida yana 5 uchrashuv o‘tkazildi.

«Liverpul» — «Manchester Yunayted»

«Liverpul» «Manchester Yunayted»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Michigan shtatidagi Enn-Arbor shahrida joylashgan «Michigan» stadionida kechgan uchrashuv mersisaydliklar klubining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane tomonidan 28-daqiqada penalti orqali ochilgandi. Uch daqiqa o‘tib Andreas Pereyra hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Yurgen Klopp jamoasi mankunianliklar darvozasiga yana 3 gol yo‘lladi. Gollarga Deniyel Starrij, Oluvaseyi Ojo (penalti) va jamoaning yangi futbolchisi Sherdan Shaqiriy mulliflik qilishdi.

Turnir doirasidagi keyingi o‘yinni «Manchester Yunayted» 1 avgust kuni Madridning «Real» klubiga qarshi o‘tkazadi.

International Champions Cup
Manchester Yunayted Angliya – Liverpul Angliya 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 28, penalti Mane, 1:1 – 31 Pereyra, 1:2 – 66 Starrij, 1:3 – 74, penalti Odjo, 1:4 – 82 Shaqiri.
Manchester Yunayted – Grant (Kashtru, 46), Bayi, Tuanzebe (Uilyams, 81), Darmian, Mata (Fred, 71), Mitchell (Chong, 71), Pereyra, Maktomini, Sanches (Gomes, 81), Errera (Boui, 81), Fosu-Mensa.
Liverpul – Grabara (Kellher, 46), van Deyk (Gomes, 65), Klavan (Filipps, 46), Moreno (Jons, 65), Lallana (Vudbern, 46), Rafael Kamashu (Gruyich, 65), Milner (Chirivelya, 65), Fabino (Robertson, 65), Mane (Odjo, 46), Saloh (Shaqiri, 46), Solanke (Starrij, 65).
Ogohlantirishlar: Fabino (48).


«Manchester Siti» — «Bavariya»

«Manchester Siti» Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» bilan o‘ynadi. Mayamidagi «Hard Rok» stadionida kechgan uchrashuv inglizlar klubining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Myunxenliklar jamoasi birinchi bo‘lim davomida 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, ammo o‘yin yakuniga qadar bu ustunlik mag‘lubiyatga aylandi.