Jahon | 13:07 / 30.07.2018
5272
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada kansler vakolatlari muddati cheklanishi mumkin

Foto: REUTERS

Germaniya erkin demokratik partiyasi yetakchisi Kristian Lindner federal kanslerning vakolatlari muddatini sakkiz yoki o‘n yil etib cheklash zarurligini bildirdi. Bu haqda Bild xabar qilmoqda.

Uning fikricha, nemis hukumati rahbari Angela Merkel 2005 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgan 13 yil mobaynida mamlakatda «siyosiy turg‘unlik» vujudga keldi.

Germaniyada kansler to‘rt yil muddatga saylanadi. Merkel o‘tgan yilning sentabrida bundestag saylovlarida g‘alaba qozonib Germaniya hukumatiga to‘rtinchi bor rahbar bo‘ldi.

Ayni paytda Germaniyada bir shaxsning kansler lavozimida bo‘lishi vaqti borasida cheklovlar yo‘q. Germaniya hukumatiga Merkeldan ko‘proq vaqt Konrad Adenauer rahbarlik qilgan (1949 yildan 1963 yilgacha), shuningdek bu borada Gelmut Kol (1982-1998 yillar) ham Merkeldan oldinda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid