Ayni paytda abituriyentlarning bor e'tibori oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlariga qaratilgan.  Bu yil test sinovlariga qator özgarişlar kiritilgan bölib, ularni biliş ota-onalar va abituriyentlar uçun qiziq. Quyida «Ma'rifat» gazetasida e'lon qilingan abituriyentlarga eslatmalar bilan tanişib çiqişingiz mumkin.

Abituriyent ruxsatnomasida körsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida iştirok etadi. Har bir test topşiriğiga 4 tadan ("A", "V", "S", "D") muqobil javoblar beriladi. 

Abituriyentlar tanlagan ta'lim yönalişiga qarab tegişli ravişda bir, ikki yoki uçta fan majmuasi böyiça test sinovini topşiradi. 

Test topşiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topşiriğini öz içiga oladi. 

Test topşiriqlarini bajariş uçun (javoblar varaqasini töldiriş bilan birga) 30 ta test topşiriğiga 1 soat, 60 ta test topşiriğiga 2 soat, 90 ta test topşiriğiga 3 soat vaqt beriladi. 

Abituriyent har bir test topşiriğiga faqat bitta javob belgilaşi şart. Test topşiriqlari kitobida töğri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doiraçadan bittasini böyaydi (javoblar varaqasida böyalgan javoblarni özgartiriş mumkin emas). 

Agar javoblar varaqasidagi «belgilaş uçun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topşiriğiga javoblar varaqasida tegişli doiraça böyalmasa, ikki va undan ortiq doiraça böyalsa yoxud töliq böyalmasa, uşbu test topşiriğiga ball berilmaydi. 

Abituriyentning test sinovlarini topşiriş vaqtida guruhdan çiqişi taqiqlanadi, çiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qöyilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratçisi kuzatuvi ostida guruhdan çiqiş hollari bundan mustasno. 

Abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi», «Test sinovlari ötkaziladigan binolarning çizma nusxasi», «Abituriyentlarga eslatma» OTM qabul komissiyasi tomonidan tarqatiladi. 

Test natijalari imtihonning ertasi kuniyoq Davlat test markazining rasmiy sayti(dtm.uz)da e'lon qilinadi va oliy ta'lim muassasalariga yetkaziladi. 

Abituriyentlarga imtihon jarayonida qulaylik yaratiş maqsadida test sinovlari katta siğimdagi binolar (jumladan, Toşkent şahridagi «Özekspomarkaz» milliy körgazmalar majmuasi pavilonlari)da ötkaziladi. Buning uçun eng kiçigi 240 va eng kattasi 1710 örinli bölgan respublikadagi 60ta bino tanlab olindi.