AQŞ ikki davlat örtasidagi muzokaralar tiklanişi uçun Eron bilan yadroviy kelişuvga qaytişi lozim. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning maslahatçisi Hamid Abutolibiy özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Eron huquqlarining hurmat qilinişi, duşmanlikdan voz keçiş, yadroviy kelişuvni bajariş – bular AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar uçun yöl oçiş sari taşlanadigan qadamlar böladi", - deb yozdi Abutolibiy.
AQŞ prezidenti duşanba kuni Italiya boş vaziri Juzeppe Konte bilan Oq uydagi qöşma matbuot anjumanida Rouhani bilan uçraşuv ötkazişga tayyorligini bildirgandi. Trampga uçraşuv ötkaziş uçun Tehronga biror şart qöyiladimi, degan savol berildi.
"Heç qanday şart qöyilmaydi. Agar ular uçraşişni istaşsa, men uçraşişga tayyorman", - deb javob qaytardi u.
21 may kuni AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo agar Eron öz siyosiy yönalişini özgartirmaydigan bölsa Vaşington Tehronga mislsiz bosim ötkazişini, xususan tarixdagi eng qat'iy sanksiyalar rejimini joriy etişini bildirgandi.


















