Pxanmunjomning çegara punktida 31 iyul kuni Şimoliy va Janubiy Koreya vakillari örtasida muzokaralar bölib ötdi, unda tomonlar xavfsizlik masalalari böyiça «kelişuvga erişdilar». Bu haqda Janubiy Koreyaning «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan çegaraoldi zonadan qöriqlaş postlarini sinov rejimida olib taşlaşga tayyor. Hozirgi vaqtda u yerda Janubiy Koreyaning 60ta va KXDRning 160ta qöriqlaş posti mavjud.
Şuningdek, tomonlar ikki mamlakat örtasidagi qurolsizlantirilgan zona hududida kömilgan askarlarning xokini birgalikda qazib oliş böyiça kelişuvga erişgani ma'lum böldi.













