O‘sh viloyatining Aravon tumanida 15 yoshli o‘smir o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda «24.kg» mahalliy IIBga tayanib xabar berdi.
«Vafot etgan bolaning ota-onasi Rossiyada ishlaydi. Oilada uch farzand bo‘lib, u kenjasi edi. Bolalar bobosi bilan yashagan. 27 iyul kuni kechki payt uni izlay boshlashgan. Bobo nabirasidan chordoqni ham qarashni so‘ragan va jasad o‘sha yerdan topilgan. Uning tanasida hech qanday jarohat va zo‘ravonlik izlari bo‘lmagan», — deb ma'lum qilgan IIB.
Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘smirning oilasi yoki maktabida muammolar bo‘lmagan. Fojia oqibatlari aniqlanmoqda.
O‘shda ota-onasi Rossiyaga ketgan o‘smir o‘zini osib qo‘ydi
04:44 / 31.07.201813 5041 min













