Bir neça ön yilliklar davomida Koreya Yaponiya soyasida yaşadi. Biroq öziga xos “çosin” tamoyili uni biznes uçun betakror mamlakatga aylantirdi.
Ğarbiy kompaniyalardagi muhim jihat –samaradorlilik va ratsionallik. Şarq tadbirkorlari uçun esa özaro munosabat va odob-ahloq kodeksi muhimroq. Şarqdagi rahbarlar bilan uzoq muddatli, özaro işonçga qurilgan munosabatlarni örnatiş uçun Şarqning işbilarmonlarga xos madaniyati va muzokaralar ötkazişning nozik jihatlarini biliş kerak.

«Kibun» yoki ğurur, yuz - koreys madaniyatining öziga xos jihati. «Kibun» - koreys madaniyatiga xos bölgan bu tuşunça jamiyatning barça jabhalariga singib ketgan. U ğurur, yuz va odamning içki holati bilan bevosita boğliq. Koreyslar tinçlik va uyğunlik atmosferasini yaratiş va uni qöllab-quvvatlaşga katta ahamiyat qaratişadi. Işbilarmonlikka oid munosabatlarda özga kişining «kibuni»ga tegmaslik muhim. Rahbar xodimlarining kibunini şikastlantirmaslikka e'tibor berişi kerak. Öz navbatida, ular ham hurmat bilan munosabatda bölişlari va rahbarlarining «kibun»i zarar körmasligiga harakat qilişlari lozim.
Xorijliklar muloqotning nozik jihatlarini yodda tutişlari va hatto bu bilan haqiqatni biroz bezaşga töğri kelgan taqdirda ham doimo uyğunlik atmosferasini qöllab-quvvatlaşlari kerak.
Kibun tuşunçasi bilan boğliq yana bir söz bu – nunçxi. U özga inson kibunini aniqlaş qobiliyati. Buning uçun uning ovoz ohangi, imo-işoralarini kuzatiş kerak böladi. Nunçxi işga oid muzokaralar muvaffaqiyatida katta ahamiyatga ega. Bu Ğarbdagi ijtimoiy intellekt konsepsiyasiga öxşab ketadi.
Yëyu esa koreys madaniyatining muhim jihati bölib, u hatto murakkab vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlay oliş qobiliyati, içki kuçni anglatadi. Uni namoyiş etuvçi rahbar özining ijobiy jihatlarini namoyon etadi. Yoyuni Konfutsiy ta'limida ham uçratiş mumkin:
“Köngli oçiq erkak doimo ezgu harakatlar töğrisida, oddiy odam esa qulaylik haqida öylaydi”.
Yaxşi rahbarning yana bir qimmatli jihati – çonsin. U qat'iylik, aqliy quvvat va jangovar ruhni anglatadi. Bir neça ön yillar davomida Koreya Yaponiya soyasida yaşab keldi. Kuçli çonsin tufayli ular özlarining şaxsiy, betakror öziga xos madaniyatini yaratişdi. Koreys pop-musiqasi va dramasi muvaffaqiyatiga qaraganda u butun dunyoda taassurot uyğota oldi.


















