30 iyul, duşanba kuni Zimbabveda prezident va parlament saylovlari ötkazildi.

Uning rasmiy natijalari şanba, 4 avgust kuni e'lon qilinadi, deb xabar bermoqda France-Presse. 

Amaldagi prezident Emmerson Mnangagva saylovda yaqqol favorit bölib qolmoqda. U ötgan yilning noyabr oyida 93 yoşli sobiq prezident Robert Mugabe harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgaç, hokimiyatga kelgan edi. Uning asosiy raqibi sifatida «Demokratik özgarişlar sari» partiyasi rahbari Nelson Çamisa körilmoqda. Mutaxassislar fikriga köra, aynan şu ikki siyosatçi saylovlarning 2-turiga yöl olişi mumkin.

Emmerson Mnangagva

Prezident saylovi bilan bir vaqtning özida parlament saylovi ham ötkazildi. Unda 55ta partiya iştirok etdi. Bunda asosiy kuraş mamlakat tarixidagi saylovlarda biror marta yutqazmagan «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlik fronti» va «Demokratik özgarişlar sari» partiyasi örtasida keçişi kutilmoqda.