Iqtisodchi va ekspert Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda GM Uzbekistan avtomobillarining narxi oshishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Mening fikrimcha, mashinalar narxining oshishi bo‘yicha izoh qoldirgan foydalanuvchilarning ba'zilari noto‘g‘ri yo‘lga qarab ketib qolishdi. Uchta harakat varianti taklif etilmoqda: 1) zavod mahsulotlarini boykot qilish, 2) boshqa zavodni ochish (raqobat bo‘lishi uchun) yoki 3) Asaka zavodini yopish.
Hech kimni yopishning hojati yo‘q, yoki, yana bir zavod ochish shart emas! Zavod mahsulotlarini boykot qilish ham kerakmas. Men o‘zimiz aybdor ekanimiz haqida yozganimda, O‘ZIMIZni ISTe'MOLChI sifatida emas, balki FUQARO sifatida nazarda tutgan edim. Biz mahsulotni boykot qilmasligimiz kerak, hukumatdan iqtisodiyot uchun zararli bo‘lgan bu sun'iy monopoliya buzilishiga erishish darkor. Buning uchun yangi zavodga ehtiyoj yo‘q, shunchaki import qilinadigan mashinalar uchun bojxona to‘lovlarini normal darajaga qadar pasaytirish lozim
Shunda:
- iste'molchilar tanlovga ega bo‘ladi;
- Asaka zavodida - xarajatlarni qisqartirish, sifatni yaxshilash va mahsuloti turlarini takomillashtirishga majbur qiladigan raqobatchilar bo‘ladi (hech narsa va hech kim, raqobatdan tashqari, hatto prezident ham, tijorat tashkilotini raqobatbardosh bo‘lishga majbur qilolmaydi);
- byudjyetda esa - qo‘shimcha tushumlar (zavoddan u kam narsa oladi - soliq imtiyozlari, shuning uchun hech bo‘lmaganda bojxona to‘lovlaridan ola boshlaydi).
Bizga: «zavod raqobatga tayyor emas, bojlardan voz kechish natijasida u yopiladi», deyishsa, unda javoban savol beramiz:
- Nima uchun bizning zavod 20 yildan ortiq vaqtida davomida raqobatbardosh bo‘la olmadi? Bizda nima ish haqi Koreya, Turkiya yoki Germaniyadan yuqoriroqmi? Balki elektr energiyasi, binolar, yer ijarasi narxi va hokazolar balanddir? Nima uchun zavod hamon raqobatbardosh emas, nima xalaqit bermoqda?
Agar menejment uchun raqobatning yo‘qligi tufayli rag‘bat yetishmasa, unda bojxona to‘lovlarini kamaytirish orqali bu bilan ta'minlash kerak.
Agar qandaydir asosli sabablar bo‘lsa, unda chegaralarni ochish va kompaniya hamda avtomobil egalarining azob-uqubatlariga yakun yasash lozim.

















